O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya elchixonasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2019-02-20 | Ta’lim
18-fevral kuni MTV da Rossiya elchixonasi vakillari hamda vazirlik mutaxassislarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev hamda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamkorlik masalalari muhokama qildilar.
Elchi uning mamlakati Oʻzbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri ekanligini eslatar ekan, Oʻzbekistonda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish ham Rossiya uchun muhim ekanligini aytib, qaysi yoʻnalishlarda ishlash MTV uchun manfaatli boʻlishi bilan qiziqdi.
Shuni aytish lozimki, tashkil topganligiga uncha koʻp vaqt oʻtmaganligiga qaramay, MTV Rossiyaning bir necha tashkilot, muassasa va kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlamoqda.
Masalan "Russkaya gumanitarnaya missiya" avtonom nodavlat tashkiloti Toshkent viloyati ,Quyichirchiq tumanidagi 19–sonli MTV ga peshob asosida kasallikni aniqlash imkonini beruvchi 2000 dona reaktivlar ,20 tonna suvni tozalashga yetadigan 50 ta filtr sovgʻa qildi.Shuningdek mamlakat MTMlariga bepul asosda 200 dona rus tilidagi bolalar badiiy adabiyotlarini yetkazib berdi.
A.I.Gersen nomli Rossiya Davlat Universiteti bilan maktabgacha taʼlim tizimiga kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish,tajriba almashish, ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, kelishuvlar imzolandi.