O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avstraliyalik professor vatandoshimiz ishtirokida talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun videoseminar oʻtkazildi

2019-02-18 | Fan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan zamonaviy fizikaning taniqli namoyondasi, xalqaro darajadagi professor vatandoshimiz Alisher Qodirov ishtirokida videoseminar tashkil oʻtkazildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan talabalar va yosh ilmiy tadqiqotchilarni ilm bilan shugʻullanishga har tomonlama ragʻbatlantirish, ularni jahon ilm-fani yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida zamonamizning taniqli professorlari, Nobel mukofoti laureatlari, olimlarning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, vazirlik bugungi kunda rivojlangan davlatlarning nufuzli xorijiy ilmiy markazlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandoshlarimizni yurtimiz oliy taʼlim tizimiga jalb qilish va ularning xalqaro tajribasidan oliy taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlashda foydalanish yoʻlida aniq reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

2019-yil 16-fevral kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan yurtimizga tashrif buyurgan vatandoshimiz, Avstraliyaning nufuzli Kyortin universiteti professori Alisher Qodirov ishtirokida talabalar va yosh olimlar uchun zamonaviy amaliy fizika muammolariga bagʻishlangan videoseminar oʻtkazildi.

Videoseminarda vazirlik rahbariyati, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari, fizika sohasida faoliyat koʻrsatayotgan olimlar, professor-oʻqituvchilar, kafedra mudirlari hamda shu sohada tahsil olayotgan doktorantlar ishtirok etdi.

Alisher Sobirovich Qodirov, asli oʻzbekistonlik vatandoshimiz, hozirda yadro fizikasi sohasida bugungi kunda dunyoning yetakchi professorlaridan biri hisoblanadi.

Alisher Qodirov ilmiy faoliyatini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim sifatida boshlagan va keyinchalik Rossiya, Germaniya, Amerika hamda Avstraliyaning qator yetakchi universitetlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Professor ilmiy faoliyat bilan birgalikda yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida pedagogik faoliyat bilan ham shugʻullanib keladi. U 30 dan ortiq yirik xalqaro ilmiy konferensiya va simpoziumlarda maʼruza bilan ishtirok etgan.

Olimning 120 dan ortiq retsenziya qilingan maqolalari chop etilgan. Jumladan, Amerika fiziklar jamiyati tomonidan 1958-yildan buyon chop etiladigan va dunyodagi fizika sohasiga ixtisoslashtirilgan eng nufuzli nashrlardan biri “Physical Review Letters” jurnalida 6 ta, “Nature Communications” ilmiy jurnalida 4 ta tahliliy, 1 ta tadqiqot maqolasi eʼlon qilingan.

Alisher Qodirov faoliyati davomida ilm-fan va texnika sohasida bir qator xalqaro nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Olim 2018-yilda Amerika fiziklar jamiyatining (APS) tanlangan aʼzosiga aylangan. Bundan tashqari vatandoshimiz Avstraliya fizika instituti(AIP), Osiyo va Tinch okeani mintaqasi fiziklar jamiyati assotsiatsiyasi (AAPPS) hamda qator xalqaro nufuzli ilmiy jamiyatlarning ham aʼzosi hisoblanadi.

Поделиться