O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi – oliy ne’mat

22.06.2017Madaniyat

Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida do‘stlik va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

"Anhor-Lokomotiv" bog‘ida bolalar uchun rang-barang dasturlar tashkil etilmoqda

20.06.2017Madaniyat

Poytaxtimizda "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog‘ida bir kun" deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bog‘ning yoz mavsumida bolalarni dam oldirishga oid tayyorgarlik ishlari xususida ma’lumot berildi.

Hayoti filmlarida davom etmoqda

15.06.2017Madaniyat

Yaratgan o‘nlab badiiy va hujjatli filmlari bilan nafaqat o‘zbek, balki jahon kinomuxlislarining ham qalbidan chuqur joy olgan atoqli kinooperator, rejissyor, xalqaro kino festivallari sovrindori, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Hotam Fayziyev hayot bo‘lganida bu yil sakson yoshni qarshi olardi.

Mashhur xonanda Andrea Bochelli Toshkentda

09.06.2017Madaniyat

Dunyoda minglab san’atkorlarning millionlab kuy-qo‘shiqlari bor. Ammo yillar o‘tsa-da unutilmaydigan, yoshu qari sevib tinglaydigan va jo‘r bo‘lib kuylaydigan qo‘shiqlar sanoqli. 

«Nurillaboy» tarixiy majmuasi – ajdodlar merosi

08.06.2017Madaniyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha tarixiy shaharlar qatori Xiva shahrining ham tarixiy-me’moriy va turizm salohiyati izchil rivojlantirilmoqda. Hududdagi bebaho madaniy yodgorliklar asl qiyofasini yo‘qotmagan holda ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilmoqda.

Poytaxtimizda Aleksandr Pushkin tavalludining 218-yilligi keng nishonlandi

07.06.2017Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniy jabhada ham izchil rivojlanmoqda. Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib bormoqda.

Viloyatning o‘n uch hududida o‘tgan tadbir

30.05.2017Madaniyat

22-26 may kunlari Qashqadaryo viloyatining o‘n uchta hududida 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan ”Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Kun tartibida istiqbolli masalalar

30.05.2017Madaniyat

Urganch shahrida Xorazm viloyat madaniyat boshqarmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlari, shahar va tumanlar madaniyat bo‘limlari boshliqlari, madaniyat va istirohat bog‘lari mutasaddilari, Bolalar musiqa va san’at maktabi, shuningdek, tizimdagi boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Do‘stlik tarannumi

30.05.2017Madaniyat

Poytaxtimizda o‘tkazilgan Gruziya madaniyati kunlari doirasida Gruzin kinosi kunlari va "Erisioni" davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli konsertlari ham bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda ipak va ziravorlar festivali boshlandi

27.05.2017Turizm

Buxoroda XVI an’anaviy ipak va ziravorlar xalqaro festivali boshlandi. 

Bu galgi bayramga Samarqand mezbonlik qildi

25.05.2017Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ”O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi bilan hamkorlikda alohida tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotgan "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbirlariga bu gal Samarqand viloyati mezbonlik qildi.

Toshkentda Gruziya madaniyati kunlari boshlandi

24.05.2017Madaniyat

Toshkent shahrida 23-may kuni Gruziya madaniyati kunlari boshlandi. Tadbir doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Gruzin kinosi kunlari o‘tkazilmoqda. 

Toshkentda Yevropa kinosi kunlari boshlandi

23.05.2017Madaniyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida 22-may kuni Yevropa kinosi festivali ochildi. Tadbir «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Shveytsariya elchixonalari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Yuksak e’tirof

18.05.2017Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 70-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalqimizning sevimli shoirasini muborakbod etish uchun yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, adabiyot ixlosmandlari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston madaniy merosi – tarix zarvaraqlarida

16.05.2017Madaniyat

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Media-xoll» majmuasida 15-may kuni “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy kongress boshlandi.

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi

16.05.2017Madaniyat

Mamlakatimiz barcha qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlamoqda. Savdo-iqtisodiy aloqalar, madaniy-gumanitar tadbirlar faollashgani buning yaqqol dalilidir.

Boysun tumanida an’anaviy "Boysun bahori” folklor festivali bo‘lib o‘tdi

15.05.2017Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida 13-14-may kunlari xalqimizning ko‘p ming yillik milliy an’ana va qadriyatlari ifodasi bo‘lgan "Boysun bahori” folklor festivali bo‘lib o‘tdi. 

"Boysun bahori" festivali boshlandi

14.05.2017Madaniyat

Boysun tumanida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Boysun bahori” folklor festivali bo‘lib o‘tmoqda. 

Xitoy Xalq Respublikasida “O‘zbekiston tasviriy va amaliy san'ati” ko'rgazmasi

12.05.2017Madaniyat