O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Gruziya madaniyati kunlari boshlandi

2017-05-24 | Madaniyat

Toshkent shahrida 23-may kuni Gruziya madaniyati kunlari boshlandi. Tadbir doirasida Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Gruzin kinosi kunlari o‘tkazilmoqda. 

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori O.Musayev va boshqalar O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda izchil ravnaq topayotganini alohida ta’kidladi. 

Madaniyat va san’at O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikning faol taraqqiy etayotgan yo‘nalishlaridan. Ikki davlat san’at namoyandalari O‘zbekiston va Gruziyada o‘tkaziladigan madaniy anjuman va san’at festivallarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2015-yili Samarqandda o‘tgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida gruziyalik san’atkorlar sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

Kino kunlari rejissyor Zaza Urushadzening «Mandarinlar» filmi namoyishi bilan boshlandi. 

– O‘zbekiston bilan hamkorligimiz izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi, – deydi Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Jgenti. – O‘zbekistonda Gruziya filmlari sevib tomosha qilinishini mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardim. Mazkur tadbir tomoshabinlarni Gruziya kinematografiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqinroq tanishtirish barobarida, xalqlarimiz o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. 

«O‘zbekkino» milliy agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir davomida “Makkajo‘xori oroli”, “Moira”, “Kukaracha”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Tikuv mashinali qiz” kabi qator filmlar namoyish etiladi. 

Gruziya madaniyati kunlari doirasida XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan mashhur gruzin rassomi Niko Pirosmani asarlari reproduksiyasi namoyish etiladi, “Ko‘cha sozandalari” guruhi va “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli konsertlari bo‘lib o‘tadi.

 

Nodira Manzurova, O‘zA

Поделиться