O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Toshkent islom universitetida fotoko‘rgazma

30.10.2017Madaniyat

Tinchlik, xotirjamlik, farovon va baxtiyor hayot – eng oliy ne’mat. Toshkent islom universitetida o‘tkazilayotgan fotoko‘rgazma har bir tomoshabinni osoyishta va yorug‘ kunlarimiz, istiqlolimiz, ona O‘zbekistonimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga chorlashi bilan diqqatga sazovordir. 

O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida

30.10.2017Madaniyat

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlab "O‘zbekiston va Ukraina rassomlar nigohida" deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Hunarmand, san’atshunos, folklorshunos olimlarni bir joyga jamlagan festival

23.10.2017Madaniyat

Marg‘ilonning atlasu adrasidan ko‘z quvnaydi. Qo‘g‘irchoqsoz usta ishlagan mo‘’jaz o‘yinchoqlarni ko‘rib, nogahon bolalikka qaytishni istab qolasiz. Kandakorning nafis idishlari, miniatyurachi-rassomning milliy ruhda ishlangan betakror qutilari, undagi chizgilardan hayratlanib, ustaning mahoratiga tassannolar aytasiz.

Yaponiya sahna asari O‘zbekistonda

19.10.2017Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyaning “No” an’anaviy teatri aktyori Katsumi Noboru tomonidan sahnalashtirilgan “Pardan tayyorlangan libos” hamda “Yer o‘rgimchagi” pesalari namoyish etildi.

Toshkentda Rossiya kinosi haftaligi boshlandi

17.10.2017Madaniyat

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida haftalikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Daryoga ikki marta kirish” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

17.10.2017Madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida rassom Andrey Yesionovning “Daryoga ikki marta kirish” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

12.10.2017Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari, tojikistonlik san’at va madaniyat namoyandalari, yoshlar, muxlislar ishtirok etdi.

Poytaxtimizda 10-14-oktabr kunlari Tojikiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

11.10.2017Madaniyat

O‘zbek va tojik xalqlarini do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik aloqalari bilan birga, ko‘p asrlik madaniy rishtalar bog‘lab turadi. Alisher Navoiy, Gulxaniy, Sadriddin Ayniy kabi mumtoz adabiyot namoyandalari har ikki tilda ijod qilgani xalqlarimizning ma’naviy yaqinligidan dalolat. Bugun ham ushbu an’analar bardavom.

Qoraqalpog‘istonda Yevropa kinosi festivali

10.10.2017Madaniyat

Nukusda 6-8-oktabr kunlari Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tdi.

Koreys madaniyati namoyishi

10.10.2017Madaniyat

Andijonda “Korean Festival–2017” festivali tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda “Ko‘hna Turonning shonli o‘tmishi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi

10.10.2017Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli rassom Imyar Mansurovning “Ko‘hna Turonning shonli o‘tmishi” deb nomlangan ko‘rgazmasi ochildi.

«Sharqdan taralgan nur» badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

04.10.2017Madaniyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli Kino saroyida buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan «Sharqdan taralgan nur» badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yosh ijrochilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

04.10.2017Madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mumtoz qo‘shiq, zamonaviy va milliy estrada, opera yo‘nalishida ijod qilayotgan yosh ijrochilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muzeylar–madaniyatimiz xazinasi

04.10.2017Madaniyat

Milliy matbuot markazida "Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali boshlandi

15.09.2017Madaniyat

Marg‘ilonda “Atlas bayrami” uchinchi festivalining tantanali ochilish marosimi katta shodiyonaga aylandi. Yurtimiz hunarmandlari namoyish etayotgan mahsulotlar, ayniqsa, xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

«Atlas bayrami» festivali doirasida mahorat saboqlari bo‘lib o‘tmoqda

13.09.2017Madaniyat

Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atlas bayrami” festivali 15-sentabr kuni ochiladi.

Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Dilorom Mamedovaning “Muhabbat alangasi” nomli ko‘rgazmasi ochildi

13.09.2017Madaniyat

Bolaligidan rassom bo‘lishni orzu qilib, tasviriy san’at sirlarini astoydil o‘rgangan D.Mamedova Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rangtasvir fakultetida tahsil oldi. U talabalik davrida qator ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi. Ustozlar sabog‘i, tinimsiz mehnat va ijodiy izlanish o‘z samarasini berdi. Birin-ketin shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazib, muxlislari ko‘nglidan joy oldi.

Mustaqillik bayrami arafasida I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining yangi ekspozitsiyasi ochildi

30.08.2017Madaniyat

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova mustaqillik yillarida Orolbo‘yi xalqlarining qadimiy tarixi, madaniyati va san’ati namunalarini avaylab-asrash, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Buyuk allomalarimiz merosi–bebaho xazina

29.08.2017Madaniyat

Samarqandda “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.