O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kun tartibida istiqbolli masalalar
2017-05-30 | Madaniyat
Urganch shahrida Xorazm viloyat madaniyat boshqarmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlari, shahar va tumanlar madaniyat bo‘limlari boshliqlari, madaniyat va istirohat bog‘lari mutasaddilari, Bolalar musiqa va san’at maktabi, shuningdek, tizimdagi boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i D. Atabayev hukumatimiz tomonidan madaniyat sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli va aniq maqsadli chora-tadbirlarni e’tirof etib, ushbu jarayonda soha xodimlaridan hamjihatlikda ish yuritish, o‘z vazifasiga jiddiy yondashish, mavjud madaniyat inshootlaridan unumli foydalanish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, majlisda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J. Nurmetov, boshqarmaning Xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi B. Bekmetov, Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi G‘. Eshchanov, Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi E. Yo‘ldoshev, "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi direktori H. Sapayev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining joylardagi ijrosi, tizim tashkilotlarida ijro intizomi, fuqarolar murojaatini ko‘rib chiqish, e-xat himoyalangan elektron pochta tizimini joriy qilish, madaniyat va aholi dam olish markazlarida to‘garaklar ishini yanada jonlantirish, madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini talablar darajasida mustahkamlash, Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.
Kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi belgilandi.