O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyatning o‘n uch hududida o‘tgan tadbir
2017-05-30 | Madaniyat
22-26 may kunlari Qashqadaryo viloyatining o‘n uchta hududida 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan ”Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Qarshi shahar, Qarshi, Qamashi, Kitob, Koson, Kasbi, Mirishkor, Muborak, Chiroqchi, Shahrisabz, G‘uzor, Dehqonobod, Nishon va Yakkabog‘ tumanlaridagi 46 ta umumta’lim maktablarida, 40 ta kasb-hunar kollejlarida, 4 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarida, 7 ta harbiy qismlarda, 12 ta markaziy o‘yingohlarda, Muborak tumanidagi 11-son musiqa maktabi, Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida, madaniyat va istirohat bog‘i hamda Qarshi shahridagi Amfiteatrda yuqori saviyada tashkillashtirilgan yakuniy gala konsertda jami 54435 nafar uyushmagan yoshlar va mahalliy aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi.
Targ‘ibot tadbirlari 6 iyundan Buxoro viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.