O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Jahon e’tiboridagi o‘zbek musiqachisi

12.02.2018Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida dunyoning yetakchi musiqa jamoalari, nufuzli orkestrlari bilan birgalikda konsert berayotgan hamyurtimiz Behzod Abduraimov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Kann kinofestivalida ishtirok etadi

12.02.2018Madaniyat

Fransiyada o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor “Uzbekistan” paviloni tashkil etiladi. 

Tokioda Alisher Navoiyning she’rlari jarangladi

12.02.2018Madaniyat

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. 

Besh qit’a uzra kezar Navoiy

09.02.2018Madaniyat
9- fevral – buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavallud kuni. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng miqyosda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish an’anaga aylangan.

Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi

09.02.2018Madaniyat

“Turkiston” san’at saroyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” kitob-albomining taqdimotiga bag‘ishlangan “Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit” shiori ostidagi tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi

09.02.2018Jamiyat

Joriy yilning 8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kichik majlislar zalida Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan video-muloqot tashkil etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilarining bevosita ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir, Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini talaba-yoshlar qalbi va ongiga chuqur singdirishga qaratildi.

Tarix so‘zlaydi: Jaloliddin Manguberdi va Jaloliddin Rumiy qarindoshmi?

09.02.2018Madaniyat

Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169 — 1220 yillarda yashagan va 1200 — 1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. Jaloliddin Manguberdi 1220 yilda otasi vafot etgach, 1221 yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o‘tirgan va o‘n yil ushbu davlatni boshqargan so‘nggi hukmdordir. U mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko‘rsatab, 1231-yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o‘ldirilgan. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172 — 1200 yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh(yoki Abul Muzaffar Takesh)ning o‘g‘li.

O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatrida “Yurt tumori To‘maris” nomli spektakl sahnalashtirilmoqda

31.01.2018Madaniyat

Xalqaro Fuzuliy mukofoti sovrindori To‘ra Mirzo asari asosida yaratilgan mazkur sahna asari bolajonlarga qadim tarixdan so‘zlab, dovyurak To‘marisning shijoati, Vataniga nisbatan chuqur muhabbati va uni himoya qilish yo‘lidagi jasorati haqida hikoya qiladi.

Xattotlik – eng go‘zal va nafis san’at

30.01.2018Madaniyat

Joriy yilning 1-3-fevral kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ilk marotaba “Hikmatlar olami” I xattotlik festivali o‘tkaziladi. Festival O‘zbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. 

Shukronalik nomasi

30.01.2018Madaniyat

Umr va mazmun, qismat va mohiyat, ruhiyat va qalb kengliklari hamisha adabiyotning muhim tadqiqotlaridan biri bo‘lib kelgan. “Qalbga ingan nur” deb nomlangan ushbu risolada, taniqli jurnalist Laziz Tangriyev, shukronalik hissi bilan, eng yorug‘ o‘y-kechinmalarini, ezgulik chashmasida chayilgan eng musaffo tuyg‘ularini kitobxon e’tiboriga taqdim etadi. Muallifning bobokalonlaridan qalbiga tutashgan nur yog‘dusi mutoala davomida kitobxonning ham qalbiga tutashib ketadi va kitobxon beixtiyor ajib bir yengillik, huzurbaxsh bir yorqinlikni yurak-yuragidan his etadi. Qolaversa, Laziz Tangriyev, bir muborak safar jarayoni haqida behad to‘lqinlanib: — “Haj safari. Dunyodagi jamiki mo‘min-musulmonlar orziqib intiladigan, haj degan so‘zni eshitgandayoq hayajondan beadoq entikadigan buyuk saodat. Qanchadan-qancha ajdodlarimiz ko‘zlarida yosh, qalblarida cheksiz armon bilan Ka’batullohni tavof qilish dardida yashab o‘tishdi...” — deydi.

“O‘zbek adabiyoti tarixi”ning mezoni

30.01.2018Madaniyat

Azal-azaldan Sharq ma’naviy-falsafiy jarayonlarga beshik bo‘lib kelgan. Ayniqsa Turonzaminning osori –atiqalari, yozuv madaniyati, arxitektura inshootlari hamon jahon ahlini hayratga solib kelmoqda. Qadimgi Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston, xullasi Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yodgorliklarni eslab o‘tishning o‘zi kifoya.

O‘zbekiston teatr xodimlari Xitoyda malaka oshirmoqda

29.01.2018Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatri va O‘zbekiston Davlat akademik rus drama teatri texnik xodimlari Xitoyda malaka oshirmoqda.

2018 yilda Samarqand viloyatida 6 ta kinoteatr quriladi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi

25.01.2018Madaniyat

Joriy yilda Samarqand viloyati shahar va tumanlarida 1 ta ikki qavatli, 3 ta bir qavatli, 2 ta yozgi kinoteatr qurilishi hamda 3 ta kinoteatrni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda birinchi marta hattotlar festivali o‘tkaziladi

24.01.2018Madaniyat

Joriy yilning 1-3-fevral kunlari Toshkent shahrida I Respublika hattotlik festivali o‘tkaziladi.

Xalqaro ekspert Birgit Bemers: O‘zbekiston kinosi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman

24.01.2018Madaniyat

«O‘zbekkino» milliy agentligida kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev «Amudaryo» bolalar oromgohi va Baxshilar maktabini borib ko‘rdi

21.01.2018Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chog‘ida Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohini barpo etish loyihasi bilan tanishib, hududda infratuzilma ob’ektlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Vatan posbonlariga bayram tuhfasi

15.01.2018Jamiyat

Aslida qo‘liga qurol tutgan, harbiy libos kiygan har qanday inson ham asl harbiy bo‘lavermaydi. Bu mezon uning qalbidagi vatanparvarligi, yurtga sadoqati bilan belgilanadi. Shukurki, ham ma’nan, ham jismonan komil, mustahkam armiyaga ona xalqimiz o‘zini ishonib topshirgan. Ana shunday mard va jasur harbiylar ishtirokida kuni kecha “Turkiston” va bugun “Istiqlol” san’at saroylarida konsert dasturlari namoyish etildi.