O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Yevropa kinosi kunlari boshlandi

2017-05-23 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida 22-may kuni Yevropa kinosi festivali ochildi. Tadbir «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Shveytsariya elchixonalari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Festivalning ochilish marosimida "O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori O.Musayev, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi an’anaviy madaniy hamkorlik faol rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Toshkentda beshinchi bor o‘tkazilayotgan Yevropa kinosi festivali buning yorqin tasdig‘idir. Ushbu tadbir Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy aloqalarini mastahkamlashga xizmat qilayotir. 

O‘zbekiston bilan Yevropa davlatlari xalqlarini umuminsoniy qadriyatlar asosida yanada yaqinlashtirish, muxlis va mutaxassislarni "Ko‘hna qit’a" kinematografiyasi rivoji tendensiyalari bilan tanishtirish festivalning asosiy vazifalaridir. 

– Festival O‘zbekistondagi kino ixlosmandlari uchun muhim voqelikka aylanib bormoqda, – dedi Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays. – Bu yil festival geografiyasi kengayib, filmlar Nukus va Navoiy shaharlarida ham namoyish etiladi. Kino boshqa san’at turlari qatori chegara bilmaydi. Ushbu an’anaviy anjuman Yevropa bilan O‘zbekistonni yaqinlashtirishga xizmat qilayotganidan xursandmiz. 

Joriy yilda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari Yevropa Ittifoqining 11 davlatida turli janrlarda suratga olingan 13 filmni tomosha qilishi mumkin. "Qirol so‘zlaydi" deb nomlangan biografik drama (Buyuk Britaniya) madaniy forumni boshlab beradi. Keyinchalik "Kulga belanganlar" (Latviya), «Oxirgi brilliant» (Fransiya), «4 qirol», «Prokuror Bauerning asosiy ishi» (Germaniya), «Boksyor va ajal» (Slovakiya) filmlari tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Festival dasturidan «Ko‘l haqida ertak» (Finlyandiya) va «Otliq kamonchi» (Vengriya) hujjatli filmlari, «Qo‘ylar poyezdga kechikmaydi» (Ispaniya) komediyasi, «Nika» (Sloveniya), «Xaydi» (Shveytsariya) sarguzasht filmlari o‘rin olgan. Yosh tomoshabinlar uchun esa «Mitti odam» (Chexiya) va «Qanot qoq» (Fransiya) multifilmlari namoyish etiladi. 

Festival 28-maygacha davom etadi.

 

I.Roziqov, O‘zA

Поделиться