O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bu galgi bayramga Samarqand mezbonlik qildi

2017-05-25 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ”O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi bilan hamkorlikda alohida tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotgan "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!” nomli targ‘ibot tadbirlariga bu gal Samarqand viloyati mezbonlik qildi.

16-20 may kunlari Samarqand viloyatining 2 ta shahar va 14 ta tumanlari - Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Narpay, Nurobod, Pastdarg‘om, Payariq, Paxtachi, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlaridagi 28 ta umumta’lim maktablarda, 17 ta bolalar musiqa va san’at maktablarida, 46 ta kasb-hunar kollejlarida, 7 ta oliy ta’lim muassasalarida, 5 ta harbiy qismlarda, 10 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarida, 5 ta madaniyat va istirohat bog‘larida, Kattaqo‘rg‘on shahridagi davlat teatri hamda markaziy o‘yingohda yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarda 60 nafardan ziyod taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari, "Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, tadbirlarga jami 81 900 nafar o‘quvchi yoshlar hamda aholi vakillarining ishtiroki ta’minlandi.

Поделиться