O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Termizda 1919-yil suratga olingan ovozsiz film namoyish etildi

29.11.2018Madaniyat

Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Madaniyat vazirligi va Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida nemis rejissyori Ernst Luyubichning 1919-yilda suratga olingan “Qoʻgʻirchoq” ovozsiz filmi namoyish etildi.

Xalqaro festival yuksak saviyada oʻtadi

29.11.2018Madaniyat

Termizda 2019-yil 5-10 aprel kunlari boʻlib oʻtadigan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan viloyat ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Toshkentda eng professional libos ustalarining moda haftaligi boʻlib oʻtdi

27.11.2018Madaniyat

Toshkent moda haftaligi doirasida Milliy liboslar festivali boʻlib oʻtdi. 

“PROlogue -2018” xalqaro kinofestivalining asosiy dasturiga kiritilgan filmlar roʻyxati maʼlum boʻldi

19.11.2018Madaniyat

PROlogue IV xalqaro kinofestivalining saralash komissiya 280 ta film orasidan 31 ta filmni tanlab oldi. 

Oʻzbekiston va Vengriya Respublikalarining aloqalari yanada rivojlanadi

19.11.2018Madaniyat

Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumi doirasida Vengriya Respublikasi inson imkoniyatlarini boshqarish vazirligining xalqaro ishlar boʻyicha davlat kotibi, doktor Orsolya Paksay Tomasich bilan uchrashdi.

Simfonik musiqa sehri

07.11.2018Madaniyat

Poytaxtimizda V Xalqaro simfonik musiqa festivali boshlandi. Mazkur ijodiy loyiha Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Respublika “Tasviriy oyina“ ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

“XXI asr musiqa sanʼati: muammo va yechimlar” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

06.11.2018Madaniyat

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda madaniyat va sanʼat sohasiga katta eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining sohaga tegishli oʻnlab qaror va farmonlari imzolanib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻtiladigan fanlardagi dolzarb muammolar va ularga tavsiyalar

05.11.2018Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016-2020-yillarga moʻljallangan davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-sonli hamda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon sanʼat kolleji raqs oʻquv zalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi hamda Andijon sanʼat kolleji “Xalq raqsi ijrochisi” boʻlimi tomonidan “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻtiladigan fanlardagi dolzarb muammolar va ularga tavsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Muzeylar ravnaqi yoʻlida

26.10.2018Madaniyat

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Surxondaryo viloyat hokimining oʻrinbosari Roʻzimurat Choriyev Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurib, muzey ilmiy xodimlari va xizmatchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad bugungi kunda muzeyda mavjud boʻlgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, yangicha yondashuv bilan muzeyda faoliyat olib borilishi haqida soʻz yuritildi. Muzey xodimlarining taklif va mulohazalari tinglandi.

Sohani rivojlantirish yoʻlida

17.10.2018Madaniyat

Har dushanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida markaziy apparat va respublika tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida soha rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bilan bir qatorda, kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtadi.

Xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda

17.10.2018Madaniyat

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentining Madaniyat va maʼnaviyat boʻyicha Davlat maslahatchisi, Qirgʻiziston xalq yozuvchisi Sulton Royev rahbarligidagi Norin viloyati akademik musiqali drama teatri delegatsiyasi Toshkentga keldi. 

Oʻtkir Hoshimov tavalludiga bagʻishlangan foto koʻrgazma va xotira kechasi boʻlib oʻtdi

16.10.2018Jamiyat

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida 10-oktabr kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov tavalludiga bagʻishlangan “Dunyoning ishlari“ nomli foto koʻrgazma va xotira kechasi oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkor ekani alohida taʼkidlandi.

Sanʼat rivoji yoʻlidagi eʼtibor namunasi

15.10.2018Jamiyat

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yiliga bagʻishlab tashkil etilgan VIII Xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Fargʻonada Yevropa kinosi festivali

15.10.2018Jamiyat

Fargʻona shahrining Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida Yevropa kinosi festivali boʻlib oʻtdi. Tadbir “Oʻzbekkino“ milliy agentligi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Termizda turkmanistonlik sanʼatkorlar tantanali kutib olindi

15.10.2018Madaniyat

Termiz temir yoʻl vokzalida Tojikistonda oʻtkaziladigan Turkmaniston madaniyati kunlarida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yoʻl olgan turkmanistonlik sanʼat ustalarini tantanali kutib olish uchun davlat va jamoat tashkilotlari va keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi. 

Madaniyat vaziri Oʻzbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi bilan uchrashdi

15.10.2018Madaniyat

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ijrosi muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligida Jamoatchilik kengashi oʻz ish faoliyatini boshladi

12.10.2018Jamiyat

Joriy yilning 11-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Jamoatchilik kengashi tuzildi. Yigʻilishni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berib, Jamoatchilik kengashi tuzilishi borasida soʻz yuritdi.

Madaniy hayotimizdagi yorqin voqelik

12.10.2018Madaniyat

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan VIII xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi yurtimiz madaniy hayotida yorqin va unutilmas voqeaga aylandi.