O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda 1919-yil suratga olingan ovozsiz film namoyish etildi

2018-11-29 | Madaniyat

Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Madaniyat vazirligi va Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida nemis rejissyori Ernst Luyubichning 1919-yilda suratga olingan “Qoʻgʻirchoq” ovozsiz filmi namoyish etildi.

Komediya janridagi mazkur filmda gʻayritabiiy qiziq voqea aks ettirilgan boʻlib, badavlat Baronning jiyani uning mol-mulkini meros qilib olishi uchun uylanishi lozim. Biroq, jiyanning uylangisi yoʻq. Bu vaziyatdan chiqish uchun u insonga oʻxshash qoʻgʻirchoq bilan soxta nikohdan oʻtishga ahd qiladi. Nikohdan oldin esa qoʻgʻirchoq sinib qoladi. Endi nima qilish kerak? Usta yangi qoʻgʻirchoq yasab berguncha uning quvnoq qizi qoʻgʻirchoq rolini oʻynab turish uchun yordamga keladi. Jiyan bu xiyla toʻgʻrisida hech narsani bilmaydi...Film yakunida u nikoh hujjatini taqdim etadi. 

Qiziqarli lahzalarga boy film premyerasi “Sugʻdiyona” oʻzbek milliy cholgʻulari kamer orkestrining musiqiy kompozitsiyalari hamrohligida tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi. 

“Sugʻdiyona” oʻzbek milliy cholgʻulari kamer orkestri 27 yildan buyon faoliyat yuritadi. Shu davrda qator xalqaro festivallar va “Golden Trophy” tanlovi laureati boʻlgan. Orkestr jamoasi oʻzbek milliy cholgʻulari ishtirokidagi ijro sanʼatining qadimiy anʼanalarini saqlagan holda uni yanada boyitishga munosib hissa qoʻshayotir. Dunyo sanʼatkorlari bilan uchrashuvlar, doʻstlik konsertlari oʻtkazish orqali musiqiy muloqotni rivojlantirishga alohida eʼtibor bermoqda. Germaniyalik sanʼatkorlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari bunga yaqqol misoldir. 

Film tomoshabinlarda iliq taassurot uygʻotdi. 

 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA

Поделиться