O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Malayziya davlatida

13.03.2019Madaniyat

Madaniyat vaziri Koreya Respublikasidagi tashrifidan soʻng, Malayziya davlatiga tashrif buyurdi. Bu davlat bilan 2005-yildan buyon koʻp yillik hamkorlik aloqalarimiz barchaga maʼlumdir. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Malayziya davlati turizm, sanʼat va madaniyat vaziri Muxammadin Kitabi bilan uchrashdi.

“Opera va balet sanʼatining dolzarb masalalari” I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi

12.03.2019Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 5 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 149-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Shu asosda, 2019 yilning 1-2 may kunlari “Opera va balet sanʼatining dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Seulda ”Navroʻz” nomli madaniyat bayrami oʻtkaziladi

11.03.2019Madaniyat

Madaniyat vaziri Koreya Respublikasida bir qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Yana bir hamkorlik uchrashuvlaridan biri bu ”Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi sekretariati direktori Lim Chyol Vi bilan uchrashdi. Ikki davlatning madaniyat vakillarining uchrashuvida joriy yilning mart-aprel oylarida Seulda ”Navroʻz” nomli madaniyat tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirildi.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

07.03.2019Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

07.03.2019Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi

07.03.2019Siyosat

Toshkentda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi joylarda koʻrgazmalar tashkil etmoqda

05.03.2019Madaniyat

Viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan tumanlarda yil davomida koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish rejalashtirilgan.

II Xalqaro Milliy liboslar festivali Shahrisabzda boʻlib oʻtadi

05.03.2019Madaniyat

21-martdan 22-martgacha Navroʻzni bayramini nishonlash kunlarida Shahrisabzda Ikkinchi Milliy liboslar festivali boʻlib oʻtadi. Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Italiyadan modelyerlar va dizaynerlar toʻplamlarini taqdim etadi.

Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi

05.03.2019Madaniyat

Joriy yilning 4-mart kuni Madaniyat vazirligining majlislar zalida vazirlik Jamoatchilik Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yil rejasining muhokamasida Madaniyat vaziri bir qator takliflari bilan Jamoatchilik kengashiga murojaat etdi.

Sohani rivojlantirish yoʻlida

05.03.2019Madaniyat

4-mart kuni Madaniyat vazirligida vazirlik xodimlari va tizim tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida majlis boʻlib oʻtdi. Yigʻilish Davlat rahbarining va Hukumat qaror va farmoyishlarining ijrosi yuzasidan tanqidiy muhokamasiga bagʻishlandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik kengayadi

05.03.2019Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti nashriyoti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Jahon adabiyoti durdonalari: oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar“ mavzusida Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

28.02.2019Fan

2019-yil 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jahon adabiyoti durdonalari: oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar“ mavzusidagi Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Madaniy hamkorlikning yana bir muzokarasi

28.02.2019Madaniyat

Joriy yilning 26-fevral kuni Madaniyat vazirligi katta zalida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining maslahatchisi B.Karliga boshchiligidagi delegatsiya qarshi olindi.

Rossiya fan va madaniyat Markazining gumanitar yordami

27.02.2019Madaniyat

25-fevral kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Rossiya fan va madaniyat Markazi (“Rossotrudnichestvo“) direktori V.N.Shulika vazirlik rahbariyatiga 130 dan ortiq kitoblarni sovgʻa sifatida topshirdi. “Rossotrudnichestvo“ning gumanitar yordami bolalar uchun badiiy adabiyot, rus tilini oʻrganish boʻyicha qoʻllanmalar, metodik adabiyot, rivojlantiruvchi bosma materiallar toʻplamini oʻz ichiga olgan.

O.Nazarbekov Sirdaryo viloyatining yoshlari bilan uchrashuvi

25.02.2019Madaniyat

24-fevral kuni Madaniyat vaziring birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov Sirdaryo viloyatida boʻldi. Tashrifning asosiy maqsadi Hurmatli Yurtboshimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyatning yoshlariga, ayniqsa oʻquvchi yoshlarga alohida eʼtibor berish masalalari qoʻyilgan edi.

Madaniyat vaziri Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

25.02.2019Madaniyat

24-fevral kuni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

“Bolalik kunlarimda“ loyihasining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi

22.02.2019Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida “Bolalik kunlarimda” loyihasining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Agentlik tashabbusi bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi axboroti

21.02.2019Madaniyat

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi qator OAVning YUNESKO Umumjahon merosi markazi (UMM) tomonidan Oʻzbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etadi.