O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“PROlogue -2018” xalqaro kinofestivalining asosiy dasturiga kiritilgan filmlar roʻyxati maʼlum boʻldi

2018-11-19 | Madaniyat

PROlogue IV xalqaro kinofestivalining saralash komissiya 280 ta film orasidan 31 ta filmni tanlab oldi. 

Festivalning asosiy bosqichi shu yilning 27 – 30 noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi. Unda festival hakamlar hayʼati, ishtirokchilar bilan bir qatorda barcha xohlovchilar ham turli davlatlarning 8 ta toʻliq metrajli hamda 14 ta qisqa metrajli filmini tomosha qilishlari mumkin boʻladi. 
 
Festivalda AQSH, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Polsha, Shvetsiya, Falastin, Eron, Armaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Peru, Fransiya va boshqa mamlakatlarning kartinalari ishtirok etadi. 
 
Bundan tashqari, oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlarning 9 ta qisqa metrajli filmi ham namoyish etiladi.
 
Tanlovning asosiy dasturiga kiritilgan kartinalar roʻyxati: 
 
Toʻliq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi
 
1. Meni yolgʻiz qoldirma (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich).
2. Mangulik (Peru, 2017, rej. Oskar Katakora).
3. Tungi avariya (Qirgʻiziston, 2017, rej. Temirbek Birnazarov).
4. Golnesa (Eron, 2018, rej. Sattar Chamani Gol).
5. Sarvqomat dilbarim (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, 2018, rej. Sarvar Karimov).
6. Arvoh (Qozogʻiston, 2018, rej. Xuat Axmetov).
7. Mulla (Rossiya, 2018, rej. Amir Galiaskarov, Ramil Fazliyev).
8. Kichkina fermer (Fransiya, 2017, rej. Xyubert Charuel).
 
Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi
 
1. Bonbon (Falastin, Livan, 2017, rej. Rakan Mayasi)
2. Ayirbosh (Turkiya, 2018, rej. Halil Ibrahim, Mexmet Kanadli)
3. Sodda gʻoya (Eron, 2018, rej. Muhammadrizo Tehroniy)
4. Mening yangi yilim (Armaniston, 2018, rej. Arusyak Simonyan)
5. Toshkoʻmir (Qirgʻiziston, 2017, rej. Yevgeniy Chistyakov)
6. Asan (Qozogʻiston, 2017, rej. Berik Jaxanov)
7. Maktab hovlilaridagi gʻam (Shvetsiya, 2017, rej. Mariya Erikson)
8. Zimistonga shoʻngʻib (AQSH, 2018, rej. Oliver Grano)
9. Mening ismim (Janubiy Koreya, 2018, rej. Chong-gil Xan)
10. Qulun (Oʻzbekiston, 2018, rej. Dilshoda Abduraximova)
11. Tanbur yigʻisi (Tojikiston, 2018, rej. Anisa Sabiri)
12. Odamlarning gapi (Polsha, 2018, rej. Gjegoj Papjiski)
13. Instruksiya (Rossiya, 2017, rej. Violetta Moshkova)
14. Tolgau (Qozogʻiston, 2018, rej. Ayan Nayzabekov)
 
Qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovi
 
1. Musavvir/ Xudojnik / The Artist (rej. Fotih Nasimov, 2018)
2. Choy / Chay / Tea (rej. Shokir Xoliqov, 2018)
3. Afsungarlar tuhfasi / Darы Volxvov / The Gift of The Magi (rej. Xusan Otaboyev, 2017)
4. Jarohat / Rana / The Pain (rej. Aziz Mardonov, 2018)
5. Gunohkor / Greshnik / Sinful Soul (rej. Timur Suslin, 2018)
6. Ustoz / Uchitel / Teacher (rej. Mars Orыnbasarov, 2018)
7. Favvora / Fontan / The Fountain (rej. Gulnora Ivanova, 2018)
8. Qush / Ptitsa / The bird (rej. Maxliyo Askaraliyeva, 2018)
9. Yoʻl / Put / The Road (rej. Jasur Rustamov, 2018) 
 

Inobat Ahatova, OʻzA

Поделиться