O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻtiladigan fanlardagi dolzarb muammolar va ularga tavsiyalar

2018-11-05 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016-2020-yillarga moʻljallangan davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-sonli hamda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon sanʼat kolleji raqs oʻquv zalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi hamda Andijon sanʼat kolleji “Xalq raqsi ijrochisi” boʻlimi tomonidan “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha oʻtiladigan fanlardagi dolzarb muammolar va ularga tavsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarni viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʻi Sattarova Marhaboxon Gʻulomovna kirish soʻzi bilan ochi berdi. Respublika ilmiy-amaliy seminarda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining oliy toifali oʻqituvchisi Ibragimova Kalamkas Bayzakovna, oliy toifali joʻrnavozlar Ibragimova Shoira Toʻlqunovna, Vyaznikova Albina Anvarovna, Ubaydullayev Zafar Barakatullayevichlar ishtirok etib, seminar qatnashchilariga “Mahorat darslari”ni oʻtdilar.

Поделиться