O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muzeylar ravnaqi yoʻlida
2018-10-26 | Madaniyat
Joriy yilning 24 oktyabr kuni Surxondaryo viloyat hokimining oʻrinbosari Roʻzimurat Choriyev Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurib, muzey ilmiy xodimlari va xizmatchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad bugungi kunda muzeyda mavjud boʻlgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, yangicha yondashuv bilan muzeyda faoliyat olib borilishi haqida soʻz yuritildi. Muzey xodimlarining taklif va mulohazalari tinglandi.
Bugungi kunda Termiz arxeologiya muzeyini rivojlantirish boʻyicha taklif va fikrlarini oʻrganib kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi. Termiz arxeologiya muzeyi faoliyatini yanada rivojlantirib takomillashtirish maqsadida quyidagi yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Bular: Ilmiy sohada “Termiz arxeologiya muzeyi qadimiyotlari” deb nomlangan bir necha tildagi rangli-bezakli albomni nashrga tayyorlash.
Muzey ilmiy tadqiqotlari toʻplamini yoʻlga qoʻyish. Muzey ilmiy xodimlari va xizmatchilarini malakasini yanada oshirish, chet-tili kurslariga oʻqitishni tashkil etish, ekspozitsiyalarni yangilash, koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish, Termiz arxeologiya muzeyida koʻrsatilayotgan xizmatni xalqaro darajaga koʻtarish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi.