O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sohani rivojlantirish yoʻlida
2018-10-17 | Madaniyat
Har dushanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida markaziy apparat va respublika tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida soha rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi bilan bir qatorda, kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtadi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni ham navbatdagi yigʻilishda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Oʻzbekiston davlat sanʼati va madaniyati instituti faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqdi, ayniqsa hujjatlardagi ijro intizomi, fuqarolar murojaatlari oʻz muddatlarida ijro etilmaganligi, kadr va boshqa huquqiy-meʼyyoriy hujjatlar talab darajasida emasligini aytib oʻtdi.
Oʻz navbatida institut rektori I.Yuldashev barcha muammolarni bartaraf etilayotgani va bunday oʻrganishlar natijasida tizim tashkilotlarining ish yuritish intizomi ijobiy tomon oʻzgarishini eʼtirof etdi.
Baxtiyor Sayfullayev barcha rahbarlar oʻz ish faoliyatiga jiddiy qarash lozimligini uqtirib oʻtdi hamda oʻz xizmat vazifalariga maʼsuliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga xayfsan va ogoxlantirish kabi jazolar tayinladi. Shu bilan birga, 2018-yilning boshidan madaniyat va sanʼat sohasidagi 67 ta mutasaddi rahbar va xodimlar ish lavozimidan ozod qilinganligi eʼlon qilindi.