O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fargʻonada Yevropa kinosi festivali

2018-10-15 | Jamiyat

Fargʻona shahrining Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida Yevropa kinosi festivali boʻlib oʻtdi. Tadbir “Oʻzbekkino“ milliy agentligi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Madaniyat va sanʼat xalqlarni xalqlarga bogʻlaydi. Bir hududning yoki millatning maʼnaviyati, tarixi, taraqqiyoti, anʼanalari haqida tushuncha beradigan kino sanʼati ham boshqa sanʼat turlari kabi chegara bilmaydi. Fargʻonada ilk bor tashkil etilgan Yevropa kinosi festivali Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yurtimizda anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan festival geografiyasi kengayib, filmlar turli shaharlarda ham namoyish etilmoqda. Festival vengriyalik rejissyor Iboliya Feketening “Onam va boshqa aqldan ozgan qarindoshlar” filmi bilan ochildi. Ikki kun davomida Belgiya, Latviya, Sloveniya, Shveysariya, Finlyandiya, Chexiya, Vengriya kinoijodkorlarining filmlari oʻzbek va rus tillarida subtitr bilan tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.

– Kino madaniy almashuv va oʻzaro tushunishning muhim boʻlagidir, yaxshi kino odamlarni yaqinlashtiradi, hamdard boʻlish va uning bir qismiga aylanish imkonini beradi, – deydi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik boʻlimi boshligʻi Fransua Bejo. – Festivalda namoyish etilayotgan va bolalar uchun moʻljallangan bu kinofilmlar tarbiyaviy ahamiyatga ega. Albatta, mazkur festival Oʻzbekiston va Yevropa doʻstligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

M.Sulaymonov, OʻzA

Поделиться