O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy hayotimizdagi yorqin voqelik

2018-10-12 | Madaniyat

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilgan VIII xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi yurtimiz madaniy hayotida yorqin va unutilmas voqeaga aylandi.

Mazkur xalqaro maʼrifiy loyiha ish tartibining gʻoyat tigʻizligi bilan birga qiziqarliligi, biri boshqasini takrorlamaydigan koʻrgazmalar, ijodiy uchrashuv va muloqotlarga boyligi bilan sanʼat ixlosmandlari, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot uygʻotmoqda. 

– Avvalgi Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesida yigirmadan ortiq ish bilan qatnashgan boʻlsam-da, koʻrgazma zallaringizning gʻoyat mahobatli ekani bois ishlarim ekspozitsiyaning bir chekkasida qolib ketgandi, – deydi ispaniyalik kollaj ustasi, kompyuter grafikasi musavviri Antonio Mora. – Hozirgi xalqaro koʻrgazmada oʻttizdan ziyod ijod namunalarim bilan qatnashmoqdaman. Ular tasviriy sanʼat va raqamli texnologiya uygʻunligi asosida yaratilgan boʻlsa-da, inson va koinot, borliq, umr mazmuni, tarixiy xotira kabi mavzular mohiyatini oʻzida aks ettiradi. Bu galgi safarim chogʻida yurtingizda ilgari misli koʻrilmagan shiddatli ijobiy oʻzgarishlar kechayotganining guvohi boʻldim. 

– Oʻzbekistonga birinchi marta kelishim, – deydi VIII xalqaro Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi hakamlar hayʼati aʼzosi, rassom, Sorbonna universitetining fan va sanʼat instituti direktori Olga Kisilyova (Fransiya). – Bu yerda haqiqiy ijodkorlar, sanʼat ustalari jamlandi. Koʻragzmalarda chin maʼnodagi sanʼat namunalaridan bahramand boʻlish mumkin. Oʻzbekistonliklar oʻz yurtlarida oʻtkazilayotgan bunday ajoyib biyennaledan, boy maʼnaviy-madaniy merosidan har qancha faxrlansa arziydi. 

– Mazkur biyennale zamonaviy sanʼat targʻibotidagi dadil qadam,– deydi isroillik rassom Marina Shelest. – Muhimi, Toshkent zamonaviy sanʼat biyennalesi yillar oʻtgani sayin tobora koʻproq tajriba orttirib, oʻz anʼanalariga ega boʻlib bormoqda. Bu ijodkorlarning oʻzaro muloqot oʻrnatishi, faoliyati bilan tanishishi yoʻlidagi qulay imkoniyatdir. 
 
Maʼrifiy loyihaning navbatdagi kunida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi, Yoshlar ijod saroyi, Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Oʻzbekiston va xorijlik musavvirlar ijod namunalaridan iborat koʻrgazmalar tashkil etildi.
 

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), OʻzA

 

Поделиться