O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vazirligida Jamoatchilik kengashi oʻz ish faoliyatini boshladi

2018-10-12 | Jamiyat

Joriy yilning 11-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Jamoatchilik kengashi tuzildi. Yigʻilishni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib berib, Jamoatchilik kengashi tuzilishi borasida soʻz yuritdi.

Unda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasida soʻnggi yillarda, ayniqsa, davlat va hukumat qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ishlarni kengash aʼzolariga batafsil soʻzlab berdi. Shuningdek, tashkilotni har tomonlama yanada ishlash prinsiplarini takomillashtirish maqsadida tashkilotda jamoatchilik kengashining oʻrni beqiyosligini eʼtirof etdi.

Vazir kengashning asosiy ish faoliyati, uning ishlash tartibi va tarkibini kengash aʼzolariga batafsil tushuntirib oʻtdi. Albatta, oʻz oʻrnida jamoatchilik kengash aʼzolari vazirga minnatdorchiligini bildirib, kengashning faoliyatini har tomonlama rivojlanishida hamda vazirlikning qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarida, davlat, tarmoq, hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va fikrini hisobga olgan holda, qonuniy va yuridik tomonlama ijrosini taʼminlanishiga koʻmaklashishda vaʼda berishib, kelishib olishdi.

Baxtiyor Sayfullayev Jamoatchilik kengashining aʼzolariga kengash raisi, oʻrinbosari va masʼul kotibini saylash masalasini oʻz zimmalariga yukladi. Kengash aʼzolari bir ovozdan Kengash raisi- Z.Xakimov, rais oʻrinbosari-M.Babanazarova, masʼul kotib- B.Babayev etib saylashdi.

Demak, endilikda Jamoatchilik kengashi Madaniyat vazirligi va fuqarolar bilan bogʻlab turadigan koʻprik sifatida ish faoliyatini olib boradi.

Поделиться