O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Vengriya Respublikalarining aloqalari yanada rivojlanadi
2018-11-19 | Madaniyat
Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumi doirasida Vengriya Respublikasi inson imkoniyatlarini boshqarish vazirligining xalqaro ishlar boʻyicha davlat kotibi, doktor Orsolya Paksay Tomasich bilan uchrashdi.
Orsolya Paksay Tomasich Vengriyaning tarixi va uni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqchiligini bildirdi. Chunki u Oʻzbekistonning madaniy meros obyektlari ming yillik tarixga ega ekanligi va bu boyliklarni kelajak avlodga yetkazishni eʼtirof etdi.
Oʻz soʻzida u Baxtiyor Sayfullayevga ikki davlat oʻrtasida madaniy meros obyektlari va arxeologik qazilmalarni oʻrganish boʻyicha bitim imzolanishi va oʻzaro madaniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan hamkorlik oʻrnatish borasida kelishish zarurligini bildirdi. Orsolya Paksay Tomasich bitimni Vengriya Respublikasida imzolanishi toʻgʻrisida taklifini berdi.
Oʻz oʻrnida madaniyat vaziri xalqaro ishlar boʻyicha davlat kotibini 2019-yil boʻlib oʻtadigan xalqaro baxshichilik sanʼati festivali va “Sharq taronalari” xalqaro festivaliga taklif etdi.