O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fan

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Rossiya Federatsiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

15.01.2021FanManba: Gidrometeorologiya xizmati markazi

Joriy yilning 14-yanvar sanasida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Xolmatjonov rahbarligida institut ilmiy xodimlari va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Dolzarb masalalar olimlar nigohida

13.01.2021FanManba: «Yangi O"zbekiston»

Mamlakatimizda davlat xizmati va uning samaradorligini oshirish, yanada takomillashtirish mavzularida ilmiy tadqiqot olib borayotgan 30 nafarga yaqin olim hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Bangladesh elchisi JIDU kutubxonasiga ensiklopedik adabiyotlar sovg‘a qildi

12.01.2021FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bangladeshning O‘zbekistondagi Elchisi Muhammad Jahongir Alam Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) kutubxonasiga o‘z mamlakatining tarixi va madaniyatiga oid turli xil ensiklopedik adabiyotlar nusxalarini taqdim etdi, deb xabar berdi «Dunyo»  AA muxbiri.

O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ilmiy dasturi asosida 23 ta loyiha moliyalashtiriladi

08.01.2021FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida eʼlon qilingan  ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining 2020-yildagi asosiy yutuqlari

07.01.2021FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Davlat ilmiy tashkilotlarini bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasi e'lon qilindi

06.01.2021FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari yonbag‘irlaridan tosh davriga oid yangi arxeologik yodgorliklar aniqlandi

06.01.2021FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Angren shahar muzeyi xodimlari tomonidan Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari yonbag‘irlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar davomida tosh davriga oid yangiliklar aniqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dissertatsiyani muddatidan avval himoya qilgani uchun ragʻbatlantirildi

31.12.2020FanManba: «Yangi O"zbekiston»

Andijon Davlat universiteti doktoranti muddatdan avval himoya qilgani uchun 112 million soʻm ragʻbatlantirish oldi.

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

23.12.2020FanManba: O'zA

Atoqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov shu yil 19-dekabr kuni 89 yoshida vafot etdi.

"O'zbekiston madaniyat merosi - yangi Renessans poydevori" IV Xalqaro kongressi

20.12.2020FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Maʼlumki, joriy yil 15-18-dekabr kunlari yurtimiz madaniy merosini oʼrganish, saqlash va ommalashtirish maqsadida “Oʼzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” Oʼzbekiston madaniy meros haftaligi oʼtkazildi.

“Markaziy Osiyoda zamonaviy koʼp tomonlama munosabatlar” nomli monografiya nashr qilindi

16.12.2020FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyotida professor M.А.Raximovning “Markaziy Osiyoda zamonaviy koʼp tomonlama munosabatlar” nomli monografiyasi nashr qilindi.

Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi

03.12.2020SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-dekabr kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Oltin daftar”ga kiritilgan Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi

30.11.2020YoshlarManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan vatandoshlar, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyat va tuman hkoimliklari mutassaddi xodimlari o‘rtasida videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jahon turkologiyasining buyuk obidasi «Qutadg‘u bilig»ni o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

28.11.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

ANQARA, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 27-28 noyabr kunlari «Jahon turkologiyasining buyuk obidasi «Qutadg‘u bilig» va uni o‘rganishning dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga (Dubna) Oʼzbekistonning toʼlaqonli aʼzoligi tiklandi

27.11.2020FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

2020-yil 23-noyabrda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Dubna, Rossiya) aʼzo davlatlari Muxtor vakillar qoʼmitasining yillik sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” ilmiy laboratoriyasi tashkil etiladi

26.11.2020FanManba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.

Harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslovchi laboratoriya faoliyat boshladi

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi.

Dunyo universitetlarining global reyting (QS) baholash bo‘yicha asoschisi Nunsio Kvakvarelli ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi taqdim etildi

24.11.2020FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

Dunyo universitetlari global reyting agentligi (QS Quacquarelli Symonds Ltd.) asoschisi va prezidenti Nunsio Kvakvarelli bilan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi manbasiga asoslanib.

Bugun YUNESKO tashkil topgan kun

16.11.2020FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bundan roppa-rosa 75 yil avval Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKOga asos solingan.

Cochrane kutubxonasiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi

13.11.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Hozirgi Covid-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat, tibbiyot xodimlari uchun soʻnggi klinik tadqiqotlar, davolash uchun tavsiyalar va yangi ilmiy ishlanmalar bilan taʼminlash uchun dalillarga asoslangan tibbiyot bazalariga kirish qanchalik muhimligini koʻrsatadi.