O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fan

O‘zbekiston ilm-fanining jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyasi

16.01.2020Fan

Joriy yilning 16-yanvar kuni Amiti Universitetida Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Springer Nature kompaniyasi vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda ilm-fanni jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlashda ko‘maklashuvchi Springer Nature kompaniyasining axborot resurslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Gemodinamik qon oʼrnini bosuvchi preparat yaratildi

16.01.2020Innovatsiya

Qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar – davolash maqsadida qon yoki plazma oʼrniga ishlatiladigan vositalar hisoblanadi. Ular shok holatida, koʼp qon yoʼqotilganda, kamqonlik, yiringli Septik kasalliklarda, kuyganda va boshqa(lar)da qoʼllaniladi. 

Olimlarimiz Xitoy-O‘zbekiston forumida ishtirok etishdi

15.01.2020Fan

O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarning ildizi “Buyuk ipak yo‘li” davridan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda qadimiy aloqalar yanada keng quloch yoymoqda.

Individual biogaz qurilmasi yaratildi

14.01.2020Fan

Ixtiro bioenergetika, organik chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha qurilmalar, organik o’g’itlar va biogaz olishda foydalaniladi.

Olimlarimiz tomonidan yaratilgan faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasi tijoratlashtiriladi

14.01.2020Fan
O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari yaratgan mahalliy xom-ashyodan import o‘rnini bosuvchi faollashtirilgan ko‘mir olish texnologiyasini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Prezident Toshkent shahridagi yangi Xalq qabulxonasini ko‘zdan kechirdi

11.01.2020Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy-texnik axborot markazi tashkil etildi

30.12.2019Fan

Joriy yilning dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy-texnik axborot markazi oʻz faoliyatini boshladi.

Ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi qarorga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi

28.12.2019Fan
2019-yil 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida yig'ilish tashkil etildi, unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qarori Nizomini muhokama qildilar.

Jahon banki ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun 50 mln. AQSH dollari ajratishi maʼlum qilindi

24.12.2019Innovatsiya

24-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsion gʻoyalarni va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida brifing oʻtkazildi. Brifingda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazirning xalqaro maslahatchisi Yerbol Suleymenov hamda boshqarma boshligʻi Jamoliddin Boboxonov yigʻilganlarga mavzu yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdilar, tadbir ishtirokchilarining koʻplab savollariga javob berdilar.

Yaponiya bilan ilm-fan sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi

19.12.2019Fan

19-dekabr kuni Tokio shahrida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiya fan va texnologiya agentligi prezidenti Michinari Xamaguchi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek ilm-fan, taʼlim sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida muzokaralar olib bordilar.

Latviya ta’lim va ilm-fan vaziri bilan uchrashuv

18.12.2019Ta’lim

2019-yilning 17-dekabr kuni O‘zbekistonning Riga shahridagi Elchisi Qadamboy Sultonov Latviya ta’lim va ilm-fan vaziri Ilga Shuplinska xonim bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubaydagi “Future Foresight” seminar-treningida ishtirok etdi

18.12.2019Innovatsiya

Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi.

FA vitse-prezidenti Rimdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

16.12.2019Fan

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z. Mirzayev 2019-yil 13-dekabr kuni Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rimda tashkil etilgan "Italiya va Markaziy Osiyo: o'zaro tushunish, hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada turli universitetlar va mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari o'rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha fikr almashildi. 

Yuqori tozalikda akonitin alkaloidi ishlab chiqarilmoqda

11.12.2019Fan

So‘nggi yillarda ko‘p ilmiy izlanishlar yurak qon-tomir kasalliklarini davolash va yangi dori vositalari yaratishga qaratilmoqda.

"Open Data Day 2019" va "Open Data Challenge 2019" tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan

05.12.2019Texnologiyalar

2019-yil 13-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida “Open Data Day 2019”ochiq ma'lumotlar konferensiyasi va ochiq ma’lumotlar konsepsiyasini ilgari surgan, IT-tadbirkorlikni va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan,  ochiq ma'lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha “Open Data Challenge 2019” tanlovi (xakaton) bo'lib o'tadi.

Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan anjuman

04.12.2019Fan

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda Sayyid Imodiddin Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan anjuman va O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasida nashr etilgan Nizomiy “Xamsa”sining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Allergiyaga qarshi yangi dori vositalari yaratildi

03.12.2019Fan
O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan  tizim va hujayra darajasida o‘simlik moddalarining xususiyatlari har tomonlama tadqiq qilinadi. Fanlar akademiyasining boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda turli xom-ashyolardan olingan 80 dan ortiq mahalliy vositalar o‘rganilgan va shulardan 2 tasi istiqbolli bo‘lib, ulardan dori vositalari ishlab chiqildi.