O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Cochrane kutubxonasiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi

2020-11-13 | Innovatsiya

Hozirgi Covid-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat, tibbiyot xodimlari uchun soʻnggi klinik tadqiqotlar, davolash uchun tavsiyalar va yangi ilmiy ishlanmalar bilan taʼminlash uchun dalillarga asoslangan tibbiyot bazalariga kirish qanchalik muhimligini koʻrsatadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan, 12-noyabr kuni Wiley (John Wiley & Sons) kompaniyasi vakillari ishtirokida Cochrane kutubxonasiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi. Vebinarda tibbiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari yosh olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

Wiley (John Wiley & Sons) kompaniyasining mintaqaviy vakili Sergey Paramonov sogʻliqni saqlash sohasida dalillarga asoslangan ilmiy ishlar ahamiyati haqida gapirdi.

– Cochrane kutubxonasi sogʻliqni saqlash tizimi uchun dunyoda yagona boʻlgan maʼlumotlar bazasidir, – dedi S. Paramonov. – Ushbu platforma klinik maʼlumotlarni topish va qisqa vaqtda soʻnggi tadqiqotlar natijalari asosida qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Taʼkidlash joizki, “Wiley” kompaniyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasida erishilgan kelishuv doirasida 2020-yilning 15-sentyabridan mamlakatimizdagi Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga “Wiley Online Library” elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. Ilmiy-texnik axborot markazi mazkur loyihaga texnik koʻmak koʻrsatadi va vebinarlarni tashkil etashga yordamlashadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться