O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh elchisi JIDU kutubxonasiga ensiklopedik adabiyotlar sovg‘a qildi
2021-01-12 | Fan
Bangladeshning O‘zbekistondagi Elchisi Muhammad Jahongir Alam Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) kutubxonasiga o‘z mamlakatining tarixi va madaniyatiga oid turli xil ensiklopedik adabiyotlar nusxalarini taqdim etdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA muxbiri.
Kitoblar diplomatning JIDUga tashrifi va rektor Komiljon Karimov bilan uchrashuvi paytida topshirildi.
Elchi Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangi turtki berish niyati haqida batafsil gapirib berdi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining keng rivojiga hissa qo‘shayotgan ochiq va amaliy tashqi siyosatini yuqori baholadi.
Uchrashuv doirasida JIDUning Bangladesh universitetlari va ilmiy muassasalari bilan o‘zaro aloqalarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, yaqin kelajakda Elchining JIDU o‘qituvchilari va talabalari uchun Bangladesh tashqi va ichki siyosatining o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Muhammad Jahongir Alam qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga qiziqish bildirdi. Shu munosabat bilan Elchiga O‘zbekistonda falsafa doktori ((PhD) ilmiy darajasini olish uchun qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi