O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dissertatsiyani muddatidan avval himoya qilgani uchun ragʻbatlantirildi

2020-12-31 | Fan

Andijon Davlat universiteti doktoranti muddatdan avval himoya qilgani uchun 112 million soʻm ragʻbatlantirish oldi.

Behzodbek Sirojidinov 2020-yil yanvar oyida Botanika ixtisosligi boʻyicha doktoranturaga qabul qilingan.

Joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi biologiya fanlari boʻyicha fan doktori ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishida oʻzining “Gʻoʻza navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish” mavzusidagi Umumiy genetika ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

Ahamiyatli jihati, yosh olim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qaroriga muvofiq oʻqish muddati tamom boʻlishidan 2 yil oldin doktorlik dissertatsiya (DSc) ni himoya qilgani uchun 112 million soʻm miqdorida ragʻbatlantirildi.

Behzodbek Sirojidinov 2017-yilda biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2020-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. U shu vaqtga qadar ilmiy tadqiqot ishlariga doir 2 ta monografiya, 1 ta oʻquv hamda 3 ta uslubiy qoʻllanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, 1 ta patent guvohnomasi mavjud. “Gʻalaba” nomli yangi paxta navini yaratgan.

Boshqa paxta navlari doimo madaniylashtirilgan paxta navlari bilan seleksiya qilingan, bu esa ularning kasalliklarga va hasharotlarning zarar yetkazishiga qarshi tura olmagan, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Yosh tadqiqotchi ilmiy ishining ahamiyati shundaki, gʻoʻza genofondida mavjud boʻlgan yovvoyi turlar asosida yangi, genetik jihatdan boyitilgan interogressiv duragay shakllar olishga erishgan. Bu birinchidan gʻoʻzani zararkunandalarga qarshi oʻzining tabiiy “immunitet”ga ega boʻlishini taʼminlasa, ikkinchidan paxta yogʻi tarkibidagi eng zararli modda hisoblanmish gossipolning miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться