O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oltin daftar”ga kiritilgan Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi
2020-11-30 | Yoshlar
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan vatandoshlar, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyat va tuman hkoimliklari mutassaddi xodimlari o‘rtasida videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Onlayn-muloqot mahalliy boshqaruv organlari va xorijdagi vatandoshlarimiz o‘rtasida ularning investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish, bu yo‘nalishdagi amaliy vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida vatandoshlarimiz yurtimizda xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalari bo‘yicha fikr almashdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar javob oldi.
Xorijdagi vatandoshlarimizga ushbu loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari, bino va inshoatlarni ajratishda mahalliy hokimliklar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddi vakillar belgilandi hamda hamkorlikni faollashtirishga oid rejalar aniqlandi.
Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan “davlat - xususiy sherikchilik” tamoyillari asosida tibbiy muassasalarni tashkil etish loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar va takliflar taqdim etildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi