O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun YUNESKO tashkil topgan kun

2020-11-16 | Fan

Bundan roppa-rosa 75 yil avval Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKOga asos solingan.

Milliy madaniyatlarni o‘rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va boshqa shu kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda mazkur tashkilotning hissasi katta. Tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro‘yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy obʼekt, jumladan, yurtimizdagi qadimiy obidalar kiritilgan. 

Tashkilot ro‘yxatiga kirgan madaniy meros namunalari dunyo miqyosida muhofaza qilinadi va o‘rganiladi.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan muqaddam mavjud bo‘lgan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati»da O‘zbekistondan 6 ta nomoddiy madaniy meros mavjud.

Jumladan, «Boysun madaniy muhiti» YUNESKO tomonidan 2001 yil eʼlon qilingan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati»ga birinchi bo‘lib kiritilgan 19 nomzodning biridir. O‘zbekiston 2008 yil Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgandan so‘ng “Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati”ga o‘tkazildi.

Boysun madaniy muhitining YUNESKO tomonidan eʼtirof etilishi munosabati bilan tuman hududiga ekspeditsiyalar uyushtirilib, u yerdagi nomoddiy madaniy meros elementlari chuqur o‘rganilmoqda va ilmiy izlanishlar natijalari qator bosma nashrlarda eʼlon qilinmoqda.

Shashmaqom 2003 yil YUNESKOning “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati”ga kiritilgan. 2008 yil esa “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxati”ga o‘tkazildi. Shashmaqom o‘z ijrochilik anʼanalari va qatʼiy tizimga ega bo‘lgan kuy va ashulalar majmuidir.

Shashmaqom tarkibiga “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”,  “Iroq” kabi  maqomlar kiradi. Shashmaqom bunday ko‘rinishda XVIII asr o‘rtalarida Buxoroda shakllanganligi uchun Buxoro shashmaqomi ham deyiladi.

Katta ashulani muhofaza qilish, saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha tajriba loyihasi YUNESKOning ASSU (Yaponiya) markazi tomonidan Oltin medal bilan taqdirlangan. Katta ashula 2009 yilda YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Katta ashula yoki patnis ashula — Farg‘ona vodiysiga xos yirik ashula yo‘li hamda o‘ziga xos ijro uslubi va usuli. Ikki yoki undan ortiq (beshtagacha) yetuk xonanda tomonidan cholg‘u jo‘rligisiz galma-gal aytiladi. Uning asosiy xususiyatlari badihago‘ylik, hamnafaslik, yuqori pardalarda, keng nafasda va erkin uslubda ijro etilishi, professionallikdir.

Navro‘z — Sharqiy Osiyodan to Kichik Osiyogacha hududdagi aksariyat mamlakatlarda nishonlanadigan bayramdir. Mazkur bayram tarixi mamlakatimizdagi tadqiqotchilar va olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Navro‘z nomzodnomasi 7 ta davlat - O‘zbekiston, Eron, Turkiya, Pokiston, Ozarbayjon, Hindiston, Qirg‘iziston tavsiyanomasiga bilan 2016 yilda YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi.

Askiya (arabcha “azkiyo” — o‘tkir zehnli, hozirjavob) — o‘zbek xalq og‘zaki ijodining xushchaqchaq va kulgili tomosha sanʼatining ommalashgan janri.  Yozma tarixiy manbalarda askiya XV–XVII asrlarda keng tarqalgan. Shoir va olim Zayniddin Vosifiy (XVI asr) Hirotda askiya keng avj olganini yozadi va o‘nlab mohir askiyachilar orasida eng isteʼdodli Mavlono Abdulvoseʼ Munshiy ismini keltiradi. Askiya haqida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xondamir ham maʼlumot qoldirgan. Askiya sanʼati YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” Reprezentativ ro‘yxatiga 2014 yil kiritilgan.

Palov (osh) o‘zbeklarning eng sevimli taomi hisoblanib, u xalqimizninig butun hayoti davomida yo‘ldosh bo‘ladi, desak xato bo‘lmaydi. Palov, u bilan bog‘liq urf-odat hamda anʼanalar 2016 yil 2 dekabr kuni YUNESKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritgan.

Shuningdek, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qalʼa”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” obyekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros)  YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan.

Jobir Xo‘jaqulov

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться