O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni tabrikladi

24.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Moskvada elektron tijorat, ko‘rgazma faoliyati va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

22.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chog‘ida Moskva shahrida yirik Rossiya kompaniyalari rahbarlari, xususan, “Wildberries” elektron tijorat portalining asoschisi va bosh direktori T.Bakalchuk, “NIPIGAZ” kompaniyalari guruhining direktorlar Kengashi Raisi va “Sibur” kompaniyasi bosh direktori M.Karisalov bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

22.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya, moliya va transport sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

21.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-avgust kuni hukumat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning vazirliklar, idoralar va moliyaviy tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tib, ular davomida joriy hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston - Rossiya: kengaytirilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligi sari

20.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligi masalalarining keng ko‘lami muhokama qilindi.

O‘zbekiston-O‘mon siyosiy maslahatlashuvlari haqida

19.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston va O‘mon Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Elchisi Ozarbayjon Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

19.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonovning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Buyuk Britaniya hukumati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14-avgust kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Buyuk Britaniyaning Migratsiya va zamonaviy qullik masalalari bo‘yicha elchisi Jennifer Taunson bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu muzokaralar davomida vazirlikning Alyans 8.7 ga qo‘shilish istiqbollari, shuningdek, mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidentini tabrikladi

17.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodoni ushbu mamlakatning Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Xalqaro pochta tranzitini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14.08.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Pochta xizmati strategik ahamiyatga ega deb bemalol aytish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham pochta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif hech qachon to‘xtab qolmagan, aksincha, doimiy ravishda o‘sib boradi. Bu esa pochta xizmati mutaxassislarini doimiy ravishda o‘z ustidan ishlashga, tizimga yangi texnologiyalarni joriy qilishga, pochta xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti va Bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

14.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Imron Xonni ushbu mamlakatning Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

14.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Gruziya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.

“O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston” shakli doirasida xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 12-avgust kuni videokonferensaloqa vositasida “O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston” uch tomonlama hamkorlik shakli Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida

13.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni davom ettiradi

12.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin bilan telekonferentsaloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi.

“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining majlisi to‘g‘risida

11.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idorlari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati bayonoti

11.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olishga xizmat qilgan 400 tolib-maxbuslarni ozod qilish to‘g‘risidagi Afg‘onistonning Maslahat Loya Jirg‘asi qarorini olqishlaydi.

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

11.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.