O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2020-08-14 | Siyosat

2020-yilning 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar jabhalardagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar dunyoda koronavirus atrofida kuzatilayotgan vaziyatni ham muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarga pandemiyaning salbiy ta’sirini qisqartirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishning zarurligini qayd etdilar.

Turli darajalardagi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, kun tartibi va ularga tayyorgarlik ko‘rishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekistonning MDHga raisligi doirasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Telefon orqali muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning alohida mavzulari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться