O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Elchisi Ozarbayjon Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2020-08-19 | Siyosat
2020-yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Ashrafxonovning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog’ida Ozarbayjon rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi deyarli barcha sohalar va yo‘nalishlarni qamrab olgan munosabatlar izchil va jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot o‘rnatilgani bularning barchasiga asos bo‘layotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat so‘nggida Ilhom Aliyev O‘zbekiston xalqi va Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy qutlovlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi