O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-08-13 | Siyosat
2020-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish, transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Videokonferensiya davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi