O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro pochta tranzitini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2020-08-14 | Texnologiyalar

Pochta xizmati strategik ahamiyatga ega deb bemalol aytish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham pochta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif hech qachon to‘xtab qolmagan, aksincha, doimiy ravishda o‘sib boradi. Bu esa pochta xizmati mutaxassislarini doimiy ravishda o‘z ustidan ishlashga, tizimga yangi texnologiyalarni joriy qilishga, pochta xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.

Ma’lumki, xalqaro pochta jo‘natmalari muntazam ravishda boshqa davlatlarga avia qatnovlar orqali jo‘natib kelingan. Butun dunyoda sodir bo‘layotgan COVID-19 pandemiyasi tufayli epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirda xalqaro avia qatnovlar soni qisqargan.

Bunday vaziyatlarda boshqa transportlar orqali pochta jo‘natmalarini yuborilishiga extiyoj ortishi kuzatiladi. Bugungi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Tojikiston Respublikasiga xalkaro pochta almashinuvlarini yer usti transporti orqali o‘tkazish maqsadida “Tojikiston pochtasi” AJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston orqali Tojikistonga xalqaro pochta tranziti almashinuvini yo‘lga qo‘ydi. Endilik Tojikistonga halqaro pochta jo‘natmalarining kirish ta’minlanib, tranziti almashinuvi doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Hamkorlik natijasida, “O‘zbekiston pochtasi” AJ “Tojikiston pochtasi” AJ bilan xalqaro pochta jo‘natmalar tranzit almashinuvini yanada kengaytiriladi va bu xalqaro pochta jo‘natmalarini to‘xtab qolgani bilan bog‘liq muammolarni qisman bo‘lsada, bartaraf etilishiga yordam beradi.

Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda. “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqa davlatlardan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan holda qabul qilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться