O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-O‘mon siyosiy maslahatlashuvlari haqida

2020-08-19 | Siyosat

2020-yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston va O‘mon Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov va O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirining diplomatik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa bin Ali bin Iso al-Harisiy rahbarlik qildi.

Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi doirasida O‘zbekiston-O‘mon munosabatlarining hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘lib, ularning hozirgi ko‘rsatkichlari tomonlarning mavjud salohiyatiga mos kelmaydi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - O‘mon transport korridori to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston-O‘mon ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish, ikki mamlakatning moliyaviy institutlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ham fikr almashdila. Ushbu yo‘nalishdagi masalalarni tezkor hal etish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.

Muzokarada O‘zbekiston-O‘mon kun tartibining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться