O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida
2020-08-22 | Siyosat
2020-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Muluqot davomida energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Vazirlar Afg‘onistonning Balx viloyatida 20-avgust kuni sodir bo‘lgan “So‘g‘diyona trans” sho‘ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qildilar.
H.Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqadar shaxslar javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘radi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi