O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
2020-08-11 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, unga Belarusning barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida yangi zafarlar tiladi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi an’anaviy yaqin hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar, avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish maqsadida o‘zaro muloqotni, shu jumladan qo‘shma Hukumatlararo komissiya doirasida faollashtirishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti