O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Millatlararo totuvlik – milliy yuksalish garovi

2020-08-28 | Jamiyat

Bizning eng katta boyligimiz ahillik va hamjihatlik, yurtimizdagi oʻzaro mehr-oqibat, doʻstlik, bagʻrikenglik muhitidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida boʻlib oʻtgan “Millatlararo totuvlik milliy yuksalish garovidir” mavzusidagi davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan bu boradagi yutuqlar yana bir karra eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga milliy madaniy markazlarning faollari, olimlar, maʼnaviyat targʻibotchilari taklif etildi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustambek Qurbonov istiqlol yillarida milliy va diniy konfessiyalar oʻrtasidagi oʻzaro totuvlik, hamjihatlikni taʼminlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Bu borada yuritilayotgan uzoqni koʻzlovchi, odilona siyosat samarasida mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari yagona va ahil oila farzandlaridek yashab, Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmoqda.

– Milliy madaniy markazlar faoliyatiga koʻrsatilayotgan eʼtibor ularning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun zarur barcha sharoitning yaratilayotganida ham namoyon boʻlmoqda, – dedi Oʻzbekistondagi Turkman milliy madaniy markazi rahbari oʻrinbosari Guldona Avezdurdiyeva. – Jonajon Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilish, tinimsiz izlanish bizning burchimizdir.

Bugungi murakkab pandemiya sharoitiga qaramay, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi doʻstlikni, istiqlolni, vatanparvarlikni tarannum etuvchi onlayn tadbirlar, festivallar, ijodiy muloqotlarni muntazam oʻtkazmoqda.

Tadbirda milliy madaniy markazlarning kelgusidagi faoliyat rejalari belgilab olindi.

 

N.USMONOVA, OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться