O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2020-08-29 | Siyosat

2020-yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi

Oliy darajadagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori sur’atda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться