O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashi yig‘ilishi to‘g‘risida

2020-08-27 | MDH

O‘zbekiston Respublikasining MDHga raisligi doirasida, 2020-yilning 26-avgust kuni Hamdo‘stlikka ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining 27-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashi 1992-yil 13-noyabrdagi Konsullik sohasida Hamdo‘stlik davlatlarining harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadlari va tamoyillari to‘g‘risidagi bayonnomaga muvofiq tashkil etilgan. 2018-yil iyul oyiga qadar O‘zbekiston Maslahat kengashi ishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi, shundan so‘ng u to‘laqonli a’zo bo‘ldi.

Maslahat kengashining 27-yig‘ilishida Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi (kuzatuvchi sifatida), Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Kengash a’zolari hududlarida ishtirokchi davlatlar fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sharoitida ularga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilindi.

Ishtirokchi davlatlar hukumatlari tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan samarali choralarning dolzarbligini anglagan holda, Hamdo‘stlik davlatlari hududida fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida birgalikdagi ishlarni kuchaytirish zarurligi, shuningdek, tomonlarning fuqarolariga yordam ko‘rsatishda kelgusidagi hamkorlikka tayyorlik ta’kidlandi.

Majlisda konsullik-huquqiy sohadagi kelgusidagi hamkorlik masalalari, MDHga a’zo davlatlarning konsullik xizmatlari hamda vakolatli organlari o‘rtasida ular ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarni ijro etish bo‘yicha hamkorlikning vazifalari va istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Bayonnoma imzolandi, unga ko‘ra 2021-yilda MDH mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlari kengashining raisligi Armanistonga o‘tkaziladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться