O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Italiya Elchisi bilan uchrashuv

2020-08-24 | Siyosat

2020-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan Vazir Elchining mazkur lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish vaqti bo‘yicha fikr almashdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tomoni Italiya bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar aniq loyihalarni, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilgari erishilgan ustuvor vazifalar, xususan, 2019-yil may oyida Rimda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo ishchi guruhining 6-yig‘ilishi doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Qayd etilganidek, joriy yil 25-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Termiz shahridagi “Veneto” savdo uyi, shubhasiz, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться