O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2020-08-26 | Siyosat
2020-yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samarali faoliyati va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
O‘z navbatida, Elchi Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi