O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2020 yilda SMIIC tashkiloti tomonidan 17 ta yangi standart ishlab chiqildi
2020-08-24 | Jamiyat
Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etilgan Islom Mamlakatlarining Standartlar, Metrologiya Instituti (SMIIC) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda OIC/SMIIC standartlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Ushbu tashkilot 1999-yil 7-noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, a’zo davlatlar soni 42 tani tashkil etadi.
2018-yil 2-oktabrda mamlakatimizda «SMIIC Ustavi va Tartib-qoidalari ratifikatsiya qilish to‘g‘risida» O‘RQ-493-sonli Qonun qabul qilindi va 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi.
Hozirgi kunda SMIIC tashkiloti qoshida turli xil yo‘nalishlarda oid 18ta texnik qo‘mita mavjud bo‘lib, qo‘mitalar tomonidan 35 ta standart ishlab chiqildi va ushbu standartlar ishlab chiqishning 17 tasi 2020 yilga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda xam SMIIC tashkilotining “halol” talablariga muvofiq 6 ta davlat standartlar ishlab chiqilib qabul qilingan.
Quyidagi keltirilgan jadvalda SMIIC tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan standartlar turkumi taqdim qilinadi.
Mazkur xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga, O‘zbekiston Standartlar institutiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.smiic.org/en/standards
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi