O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yurtimizga turkiyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi

2020-08-27 | Jamiyat

Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney o‘rtasida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish hamda hamkorlik memorandumini imzolash masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘zaro hamkorlik doirasida turkiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb qilish orqali parrandachilik, sutchilik, pazandachilik, asalarichilik, zamonaviy AKT, kasanachilikni rivojlantirish loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklifi atroflicha muhokama etildi.
 
Shuningdek, Turkiyada ham yurtimizdagi kabi mahalla (muhtarlik) instituti mavjudligini inobatga olib, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish belgilab olindi.
 
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney ta'kidlaganidek, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur loyihalar yurtimizdagi kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydigan xayrli tashabbuslardan biri sifatida muhim ahamiyatga egadir.
 
Uchrashuv so‘nggida tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra hamkorlik memorandumi imzolandi.
 
 
 
 
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
 
vazirligi Matbuot xizmati

Поделиться