O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi vakillari bilan uchrashuv
2020-08-24 | Iqtisodiyot
18-avgust kuni O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham) navbatdagi oylik uchrashuvni onlayn formatda tashkil etdi. Uchrashuvning moderatori AmCham Prezidenti Hugo Minderhaud bo'ldi, moliya vazirining o'rinbosari Dilshod Sultonov esa taklif etilgan ma'ruzachi sifatida qatnashdi. Shuningdek, tadbirda "Coca-Cola", "General Motors", "UzBAT", "Hyatt", "Ernst&Young", "Nestle", " CNH " kabi boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun: O'zbekistonda Amerika savdo palatasi 1997-yilda respublikada istiqomat qiluvchi xorijiy biznes hamjamiyati vakillari tomonidan tashkil etilgan bo'lib, rasman ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlar va muassasalar ixtiyoriy mustaqil uyushmasi hisoblanadi. Uning tarkibida turli xil bo'lgan va biznesning barcha turlari va shakllarini ifodalovchi 100 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar mavjud. AmCham AQSh savdo palatasining bir bo'limi va to'liq akkreditatsiyalangan a'zosi hisoblanadi va shunga muvofiq ushbu tuzilmaning barcha axborot va boshqa vositalaridan foydalanish huquqiga ega. Muntazam oylik yig'ilishlarga davlat sektorining yuqori martabali vakillari, elchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari taklif etiladi.
D. Sultonov tadbir ishtirokchilarini koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha O'zbekiston hukumati faoliyati bilan tanishtirdi. Bu davrda aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator rasmiy hujjatlar qabul qilinganligi, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-martdagi "koronavirus pandemiya va global inqiroz hodisalari iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirni yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" gi, 3-apreldagi "koronavirus pandemiya davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonlari 18-maydagi "koronavirus pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida" gi, 20-iyuldagi "koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko'rsatish sohasida aholini, tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi.
Tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari, muddatidan ilgari surish, hisoblangan jarimalar yechib olindi, shuningdek, kredit ta'tillari berildi.
Sog'liqni saqlash tizimini qo'llab-quvvatlash, shu jumladan, qurish, jihozlash va tibbiyot xodimlarini moddiy rag'batlantirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, shuningdek, berilgan imtiyozlar tufayli mahalliy byudjetlar va pensiya jamg'armasining tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash va tushadigan daromadlarini qoplash bo'yicha keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Inqirozga qarshi jamg'armasi tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni bilib olishlari mumkin bo'lgan savol-javoblar sessiyasi bilan yakunlandi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi