O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Ozarbayjon to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

2020-08-26 | Iqtisodiyot

2020-yil 25-avgust kuni “Made in Uzbekistan. Textile” O‘zbekistonning Boku shahridagi Elchixonasi va Ozarbayjonning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Forumning asosiy maqsadi - O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish.

Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov nutq so‘zlab, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining yuqori darajasi va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U onlayn-biznes-forum ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonch bildirdi.

Ozarbayjonning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Tamerlan Vagapov o‘z nutqida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, ushbu biznes-forum to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynashini va o‘zaro savdo hajmini oshirishga hissa qo‘shishini ta’kidladi. ...

26-27-avgust kunlari Biznes-forum o‘z ishini O‘zbekiston va Ozarbayjon to‘qimachilik sanoati vakillari o‘rtasidagi B2B intensiv uchrashuvlari shaklida davom ettiradi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться