O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini o‘rganib chiqdi

2020-12-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi chegaraoldi viloyatlari rahbarlari va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar doirasida Bosh vazir vazifasini bajaruvchisi A.Novikov boshchiligida hamda Batken, Jalolobod va O‘sh viloyatlaridagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining vakolatli vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi Farg‘ona viloyatining bir qator ishlab chiqarish korxonalari va ob'ektlariga tashrif buyurib, hududning sanoat salohiyati bilan tanishdi.

Jumladan, delegatsiya Marg‘ilon shahridagi zamonaviy “Narimteks” to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi. Ushbu 8 million dollarlik loyiha 2008-yilda amalga oshirilgan; fabrikada hozirgi vaqtda 180 kishi ish bilan ta'minlangan va uning tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining yillik ishlab chiqarish hajmi 100 000 donaga teng.
 
Delegatsiya Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida joylashgan “Eco-Kerama” maishiy sanitariya buyumlari va sopol qurilish buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali zavodda ham bo‘ldi. Ishlab chiqarish ob'ekti joriy yilning iyun' oyida ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 500 ming donaga teng hajmda yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqardi va unda band bo‘lgan ishchilar soni esa 200dan ortiq nafarni tashkil etadi. Kompaniya Markaziy Osiyoda o‘z sohasida yagona bo‘lib, Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga chiqish istiqboli bilan yuqori eksport salohiyatiga ega.
 
Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari tomonidan “Fransiya–O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida meva va rezavor meva vinolar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi o‘rganildi. Zavod 2020 – yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda – hozirgi kunda uzum, anor, behi va boshqa mevalardan tabiiy vinolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 250 ming dekalitrni tashkil etadi.
 
Tadbirkorlar mehmonlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirib, foydalanilgan texnologiyalar haqida batafsil so‘zlab berdi, mahsulot namunalarini namoyish etdi va istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari ikki mamlakat bozorlarida hamda tashqi bozorlarda talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini o‘rnatish uchun mavjud bo‘lgan muhim imkoniyatlarni ta'kidladilar. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi ham ikki mamlakatning chegaraoldi viloyatlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarini jalb qilish hisobiga to‘liq qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish orqali mintaqaviy darajadagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Ishlab chiqarish majmualarining yaqinligi, o‘z navbatida, transport xarajatlarini kamaytirish hisobiga mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.
 
Korxonalarga amalga oshirilgan tashrif davomida aloqa qilish uchun ma'lumotlar bilan almashildi va ishbilarmonlar o‘rtasida sheriklikni o‘rnatish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться