O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistondan munosabat: “Hindiston va O‘zbekiston rahbarlarining “Virtual sammit”i davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjjatlar savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi

2020-12-13 | Iqtisodiyot

Joriy yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston oliy darajadagi virtual sammitini Hindiston ishbilarmon doiralari katta qiziqish bilan qarshi oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Manish Singxal sammit yakunlariga o‘z fikr-mulohazalari bildirib quyidagilarni qayd etdi:

- Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida onlayn-muloqotning tashkil etilishi biz uchun juda muhim va quvonchli voqeadir, - dedi u. - Bu, albatta, ikki do‘st xalq o‘rtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirishda muhim amaliy qadam hisoblanadi.

Oxirgi 2-3 yil davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar, xususan savdo va investitsion hamkorlik ko‘lami sezilarli darajada kengaydi.

Oliy darajadagi virtual sammit doirasida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan, moliyaviy-texnik ko‘mak, bojxona masalalari va savdoni texnik tartibga solish, yaʼni standartizatsiya, bo‘yicha imzolangan hujjatlar alohida eʼtiborga molik. Qolaversa, mazkur oliy darajadagi tadbir o‘zaro savdo hajmlarini kengaytirishda muhim omil bo‘lgan transport masalalarini hal qilishga zamin yaratdi.

O‘ylaymanki, sammit davomida erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjjatlar savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi.

Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi o‘z tomonidan mazkur yo‘nalishlardagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekistondagi yaqin hamkorimiz – Savdo-sanoat palatasi bilan faol ishlar olib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili Hindiston-O‘zbekiston biznes va tadbirkorlik forumini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzolash orqali bu boradagi aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘tardik. Ushbu forum savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarni rivojlantirish, tadbirkorlar duch kelayotgan turli masalalarga yechim topish, ularga ko‘maklashishga qaratilgan.

Fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik barcha hamkorlarimizni, tadbirkorlarni 2021-yil fevral oyida onlayn shaklda tashkil etiladigan “Namaskar Eurasia Expo” ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif etaman.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться