O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining 21-majlisi bo‘lib o‘tdi

2020-12-11 | MDH

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida bojxona sohasida ham mintaqada hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10 dekabr' kuni Hamdo‘stlikka a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi 21-majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan majlisda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, va O‘zbekiston bojxona xizmatlarining ma'sul vakillari ishtirok etdilar.
 
Tadbir avvalida qo‘mita raisi mamlakatimiz vakillarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan sana bilan qizg‘in muborakbod etdi.
 
Shundan so‘ng kun tartibidagi dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Jumladan, tomonlar MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish yo‘nalishidagi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Strategiyasi loyihasini ko‘rib chiqishdi.
 
Mazkur hujjat o‘zida bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish yo‘nalishidagi faoliyatini rivojlantirishning umumiy maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari va vazifalarini aks ettiradi.
 
Eng muhimi bunda ishtirokchi davlatlarning milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini birlashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
 
Shu munosabat bilan qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining yangi tahrirdagi Nizomi videokonferensiya davomida atroflicha muhokama qilindi.
 
Tadbirda yana bir muhim hujjat -  bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
 
Ish rejani ishlab chiqishda o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajriba va amaldagi qonunchilik bazasi doirasida bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari inobatga olingan.
 
30 banddan iborat Reja nafaqat o‘zaro hamkorlikning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, bojxona sohasida jinoyatchilikning oldini olishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi, balki mazkur maqsadda bojxona qonunchiligi buzilishini aniqlash va oldini olish bo‘yicha aniq tashkiliy va amaliy tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.
 
Shuningdek, rejada tomonlarning huquqni muhofaza qilishga doir ma'lumotlarni o‘zaro almashishi, bojxona tekshiruvlari va surishtiruv sohasida xodimlarning malakasini oshirish, kinologiya xizmatini takomillashtirish kabi masalalar ham ustuvor ahamiyat kasb etadi.
 
Bir so‘z bilan aytganda Hamdo‘stlikka a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi 21-majlisi kelgusida mazkur yo‘nalishda o‘zaro ishonchli hamkrolikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
 
Bu esa nafaqat har bir a'zo davlatlarda, balki butun MDH bo‘ylab bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olish, ayniqsa narkotik moddalar savdosi, tovarlarning noqonuniy olib o‘tish va kontrabandaga chek qo‘yishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
 
Yig‘ilii yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
Eslatib o‘tamiz, MDH a'zo davlatlar bojxona xizmatlarining kontrabanda va bojxona qonuchiligining buzilishiga qarshi kurashish sohasidagi huquqni muhofaza qilish harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan qo‘mita doimiy kollegial organ bo‘lib, 2008-yildan buyon faoliyat yuritadi.
 
Qo‘mita tarkibida giyohvand vositalarining xalqaro savdosiga, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish, bojxona tekshiruvlari va surishtiruv masalalari, kinologiya, xodimlarning malakasini oshirish, axborot-tahliliy hamkorlik, internet maydonidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi 6 ta ixtisoslashgan ishchi guruhlar mavjud.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться