O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni baholash: Xalqaro reyting va indekslar” mavzusidagi II xalqaro onlayn Forumi

2020-12-10 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini yanada oshirish va xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 10-dekabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni baholash: Xalqaro reyting va indekslar” mavzusidagi II xalqaro Forumi o‘tkazildi.

Forum onlayn shaklda Zoom platformasida tashkil etildi.
 
Ushbu xalqaro Forumda 300 ga yaqin ishtirokchilar jumladan, Birlashgan millatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Halqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon banki vakillari, AQSh - O‘zbekiston savdo palatasi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, AQSh Exim banki, Citibank, J.P Morgan, JICA, Fitch Ratings, S&P Global Ratings, White & Case, USAID, German Economic Team va boshqa 40 dan ortiq xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari, reyting agentliklari, xalqaro investisiya banklari, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari hususan, Belorussiya, Hindiston va Hitoy Halq Respublikasi rasmiylari,  respublikaning vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, xususiy sektor hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.
 
Dasturiga muvofiq, Forum ikki qismga ajratilgan holda o‘tkazildi Birinchi qism – plenar yig‘ilish shaklida bo‘lib o‘tdi.  Kirish so‘zi va anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha Respublika kengashi raisi Tanzila Narbaeva ochdi. Sessiya moderatori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov Forum ishtrokchilariga plenar yig‘ilish dasturini e'lon qildi.
 
Sessiya davomida o‘z ma'ruzalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha komissiya raisi Djamshid Kuchkarov, Parij siyosiy tadqiqotlar institutining professori Sergey Guriev (Fransiya), Federal raqobatbardoshlik va statistika markazi direktori v.b., Hanan Ahli j.o (BAA) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, Iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va kommunikasiya markazi ijrochi direktori, Vusal Gasimli (Ozarbayjon) “Whiteshield Partners” direktori Prof. Pavel Voysexovskiy (Pol'sha) ishtrok etdilar.
 
Forumning ikkinchi qismi xalqaro reytinglarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy islohotlarni tavsiflovchi seksiyalardan tashkil topib, ularda sohaga oid tegishli davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari hamda xorijiy, mahalliy va mustaqil ekspertlarning mavjud yutuq va muammolarga oid taqdimotlari muhokama qilindi.
 
Mazkur Forumdan quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
 
– ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan tajriba almashish va tegishli tavsiyalarni olish;
 
– vazirlik va idoralar mas'ul xodimlarining xalqaro reyting
 
va indekslar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish;
 
– ishtirokchilarni so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish va ularning ma'lumotlar bazasidagi respublikaga tegishli ma'umotlarning yangilanishiga erishish.
 
Tadbirda xalqaro tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ekspertlar, hukumat va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillarining o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
 
Forum doirasida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться