O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

2020-12-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) boshqaruvchi direktori F.Malij boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Delegatsiya tarkibida shuningdek, YeTTBning Rossiya, Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘yicha moliya institutlari guruhi direktori G.Orlov va YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Drakinos ham qatnashdilar.
 
Uchrashuv davomida joriy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilindi.
 
Shuningdek, kun tartibi doirasida tomonlar O‘zbekistonda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va islohotlarni muhokama qilib, YeTTBning ushbu yo‘nalishdagi ulkan hissasini qayd etdilar.
 
Shu bilan birga, barqaror va samarali bank tizimisiz xususiy sektorni rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilishning imkoni  yo‘qligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
 
Ushbu yo‘nalishda YeTTBning pandemiya sharoitida savdo va loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha kredit liniyalarini ajratish orqali O‘zbekistondagi tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim roli ta'kidlandi.
 
Shu vaqtning o‘zida, davlatning bank tizimidagi ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida O‘zbekiston bank sektorida islohotlarni izchil amalga oshirilishini ta'minlash va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, operatsiyalar va xizmatlarni joriy etish maqsadida YeTTB bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari qayd etildi. Bu bilan bank tizimining samaradorligini oshirish va ushbu sohaga xususiy investorlarni jalb qilish imkoni yaratiladi. Shuningdek, mamlakatdagi bir qator tijorat banklarida davlat ulushini xususiylashtirishda YeTTBning ishtiroki bilan bog‘liq aniq masalalar muhokama qilindi.
 
Uchrashuv davomida, shuningdek, hamkorlikni kengaytirishning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, sug‘urta sohasida yangi sug‘urta vositalarini joriy etish va raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida sug‘urta kompaniyalarini xususiylashtirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Qambag‘allikni qisqartirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston hukumatining chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichik va o‘rta biznesga ko‘rsatilayotgan moliyaviy va texnik yordamning hajmini oshirish uchun shart-sharoitlar o‘rganildi.
 
Muzokaralar davomida YeTTBning maxsus dasturlarini amalga oshirish orqali qishloq xo‘jaligi sektori va ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni oshirish istiqbollari qayd etildi.
 
Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zbek tijorat banklariga qo‘shimcha kredit va YeTTB savdo liniyalarini taqdim etish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari ustida birgalikda ishlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться